Pandemiya davrida xalqaro moliya institutlaridan qancha mablag‘ ajratildi?

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari, jumaladan:

- Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan savdoni moliyalashtirish maqsadida 30 ta loyiha bo‘yicha 34 million AQSh dollari;

- Osiyo infratuzilmalar investitsiyalar bankidan eksportyorlar, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida 14 ta loyiha bo‘yicha 18 million AQSh dollari;

- Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti - JAYKAdan meva-sabzavot sektoridagi korxonalarni moliyalashtirish maqsadida 39 ta loyiha bo‘yicha 4,4 million AQSh dollari;

- Jahon bankidan iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 8 ta loyiha bo‘yicha 41 million AQSh dollari;

- boshqa xorijiy moliya institutlaridan 197 ta loyiha bo‘yicha 74 million AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratildi.

Shuningdek yil yakuniga qadar xorijiy kredit liniyalardan 20 ta loyiha bo‘yicha 82 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi rejalashtirilmoqda.