Pandemiyaning O‘zbekiston aeroportlariga ta’siri: Yo‘lovchilar soni 5,4 millionga kamaydi
Mamlakatimizdagi xalqaro aeroportlar 2019 yining 9 oyida salkam 6 yarim million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan, 2020 yilning xuddi shu davriga kelib, yo‘lovchilar soni o‘rtacha 1 million 800 nafarni tashkil etgan.
Bu haqda bugun AOKAda o‘tgan brifingda «Uzbekistan Airports» AJ axborot xizmati rahbari La’lixon Sobirova ma’lum qildi:
➖ Pandemiya sababli butun dunyo aviatsiya sohasida yuzaga kelgan holat O‘zbekiston aeroportlarida ham kuzatildi. Karantin cheklovlari joriy qilinishi oqibatida aviaqatnovlar butunlay to‘xtadi, yo‘lovchilar oqimi keskin qisqardi. Bu tabiiyki, jahonda investitsiyalar va sayyohlar oqimi kamayishiga olib keldi.
Vaholanki, 2020 yilning 19-20 fevral kunlarida bo‘lib o‘tgan Xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasi hamda forumida «Uzbekistan Airports» AJ 14 ta xorijiy aviakompaniya bilan 34 ta shartnoma, 15 ta memorandum imzolagandi. Unda jami 142 ta aviaqatnovni amalga oshirish mo‘ljallagan edi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, yo‘lovchi va yuk aviatashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro aeroportlari 2019 yining 9 oyida salkam 6,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan, 2020 yilning xuddi shu davriga kelib esa, yo‘lovchilar soni o‘rtacha 1 million 800 nafarni tashkil qilgan. 2019 yilda tashilgan yuk miqdori 51 ming 300 tonna bo‘lsa, 2020 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich qariyb 50 ming tonnadan iborat bo‘lgan.