Partiyalar saylovga tayyormi?

Bu savolga birdan "Ha, deb yoki partiyalar tayyorgarlik ko‘ryapti", deb javob berish qiyin. Chunki ularda bir qator tizimli muammolar borki, siyosiy imtihon hisoblanadigan jarayon ularga qiziq emasdek taassurot uyg‘otadi kishida.

Misol uchun, aksariyat partiya tuman (shahar) Kengashlari o‘zining muqim joyiga ega emas. Aniqrog‘i, mamlakatdagi eng yetakchi partiya sanaladigan O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashining haligacha faoliyat olib boradigan ishxonasi yo‘q.

Savol tug‘iladi, shunday sharoitda ular hududda siyosiy kuch o‘laroq ijro hokimiyatiga ta’sir o‘tkaza oladimi?

Boshsiz chavandoz yoki rahbarsiz siyosiy kuch...

“Adolat” SDP bilan bog‘liq holat esa yanada hayratlanarli. Chunki mahalliy Kengashlarga hademay saylov o‘tkaziladi. Lekin partiyaning Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Qo‘shrabot tuman kengashlari raisi lavozimlari vakant.

Ya’ni, boshqaruvchisiz jangga kirayotgan askarlarni ko‘rganmisiz. Yo‘q, albatta, "adolat"chilar mazkur hududlarda saylovchilar ishonchini oqlash, qaysiki, ko‘proq ovoz olishni umid qilayotgan ekan yuqorida aytilgan tuman kengashlariga rais tayinlash masalasini hal etishlari kerak, nazarimizda.

Yo.Marqayev.