Past Darg‘omda bir kunda 484 holatda haydovchilarning YHQni buzganligi aniqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Samarqand viloyati YHXB tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Viloyat hududida yo‘l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2019 yil 1 dekabr kuni Past Darg‘om tumanida “Avtopatrul” reyd tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 484 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shundan qo‘pol qoidabuzarliklar 81 ta, tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish bilan bog‘liq 22 ta, quvib o‘tish qoidasini buzish bo‘yicha 33 ta, odam tashish qoidasiga rioya qilmaslik borasida 28 ta, telefondan foydalanish holatiga doir 101 ta, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik bo‘yicha 5 ta, 3.27 yo‘l belgisiga amal qilmaslik 140 tani tashkil etdi. 87 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
Boshqa harakat ishtirokchilariga xavfsizlik qoidalariga loqayd bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Samarqand viloyati YHXB axborot xizmati.