Past Darg‘omda “Damas” haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi
- 14.06.2022 16:30
- 159
- Hodisa
24 may kuni Past Darg‘om tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydovchi B.B. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasi bilan 2013 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan T.J.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
YTH oqibatida voyaga yetmagan T.J. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay bola vafot etgan.
Viloyat IIB axborot xizmati xabariga, mazkur holat yuzasidan fuqaro B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
YTH