Past Darg‘omda ona farzandlarini sud tartibida qaytarib oldi
- 25.04.2024 13:43
- 174
- Jamiyat

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarini javobgar A.Salimovdan da’vogar S.Xamidovaning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, ijroni ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib berilishi lozim bo‘lgan bolalar hamda da’vogar va javobgarni mahalla binosiga taklif qilinib, javobgar otaga sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida masullar ishtirokida tushuntirilgan.
Shundan so‘ng, javobgar A.Salimov bolalarni o‘z ixtiyori bilan onasi bag‘riga qaytargan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo