Past Darg‘omda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
- 25.01.2023 13:15
- 261
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.D. fuqaro O.Sh.ni qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetlardan biriga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.
D.D. ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollari va unga tegishli hujjatlarni qaytargan. Bu holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
Past Darg‘om
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- Bugun, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa