Past Darg‘omda o‘tkazilgan festivalda 8 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Past Darg‘om tumanida ’’Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida birlashaylik’’ loyihasi asosida festival bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festival doirasida Go‘zalkent qo‘rg‘onidagi 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning milliy kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda 3 vazn toifasida 50 nafardan ziyod yoshlar o‘zaro kuch sinashdi.
Tuman tibbiyot kollejida tashkil etilgan “Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, globallashuv sharoitida mafkuralar to‘qnashuvi va uning oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda buzg‘unchi g‘oyalar va yot illatlar ta’siriga tushib qolmaslik haqida so‘z bordi.
Juma shahridagi istirohat bog‘ida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi 50 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlarini ishsizlarga taqdim etdi. Tadbirda 8 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
To‘lqin SIDDIQOV.