Past Darg‘omda yarim intensiv usulda baliq yetishtirilmoqda

Bugungi kunda Past Darg‘om tumanida 33 ta baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Jumladan, “Po‘lat baliqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 40 gektar maydonda yarim intensiv usulda karp, oq amur, tolstolob, afrika laqqasi kabi baliq turlari yetishtirilmoqda.

Xo‘jalik tajribasini ommalashtirish maqsadida bu yerda o‘tkazilgan amaliy seminarda Kattaqo‘rg‘on tumanida baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida yig‘ilganlar yarim intensiv usulda baliq yetishtirish va aerator moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda baliq yetishtirish mahsuldorligini oshiruvchi texnologiyalar bilan tanishtirildi.

Odil Shomurodov,

“O‘zagroinspeksiya” Past Darg‘om tumani bo‘limi boshlig‘i.