Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra:

- mashinada terilgan 1 tonna paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;

- qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda –  800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;

- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 million so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 million so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Shuningdek, paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, 2019 yil hosilini qisqa muddatda yig‘ib olish, terimchilar bilan o‘z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2020 yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.