Paxtachi DXM «Chashma» filiali foydalanishga topshirildi

Endi hududdagi 2 ta mahalla, 5 ta qishloq aholisi shu yerning o‘zida davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

— Mazkur filial hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroga yengillik beradi, — dedi DXA viloyat boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Qurbonov. — Davlat xizmatlariga ehtiyoj sezganda ovora bo‘lib tuman markaziga borishga hojat yo‘q. 160 ga yaqin xizmatlar chashmaliklarning yashash hududida ko‘rsatiladi. Filialda barcha qulayliklar yaratilgan. Shinam xona, internetga ulangan eng so‘nggi rusumdagi kompyuter to‘plami, kutish joyi, davlat xizmatlari haqida ma’lumot beruvchi infolend, axborot burchagi va boshqalar doim aholi xizmatida.

Ma’lumot uchun: Bugun viloyatda Davlat xizmatlari markazlari soni 8 taga yetdi. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida filiallar tomonidan 5 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.