Paxtachida yuk mashinasi va “Lasetti” o‘rtasida yuz bergan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 16 sentyabr kuni soat 7:00 da Paxtachi tumani Yobu mahallasi hududidan o‘tgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yo‘lining 139-kilometrida haydovchi, 26 yoshli I.R. boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinani Navoiy viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovchi, 53 yoshli Sh.H.ning boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda “Lasetti” avtomashinasi yo‘lovchisi - 70 yoshli H.X. olgan tan jarohatlari sabab hodisa joyida vafot etgan. Avtomashinaning boshqa yo‘lovchilari - 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B.lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, H.U. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi  tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.