Paxtachilik o‘quvchini uchta xorijiy universitet o‘qishga qabul qilib jami 160 ming dollarlik grant taklif qildi
- 21.01.2023 17:00
- 370
- Ta’lim
Paxtachi tumani 21- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Marhabo Umarova muddatidan oldin 3 ta xalqaro univertetga talabalar safiga qabul qilindi va umumiy hisobda 160 000 AQSh dollari qiymatidagi ta’lim grantini qo‘lga kiritdi.
Amerika qo‘shma shtatlarining PACE universiteti Marhaboga 72 000 dollarlik - yuz foizlik grant taqdim etgan bo‘lsa, Arizona shtatidagi Eller College of Management universiteti universiteti - 88 000 dollar miqdoridagi grantlar yutganligini ma’lum qildi.
Nyu Yorkdagi Stony Brook universiteti esa Marhaboni o‘z talabalari safidan o‘rin olishidan mamnunligini bildirgan. Marhabo yoshligidan Iqtisod sohasiga qiziqadi. U kelajakda chet elda sohani puxta egallab, O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yo‘qchilik va to‘qchilik orasi
- Bugun, 13:05
- Mutolaa
O‘xshash ko‘rinishga ega davlat bayroqlari
- 04/07, 21:00
- O'qing, qiziq!
PIN-kod – sirmi yoki ommaviy axborotmi?
- 03/07, 19:18
- Jamiyat