“Payariq klaster” MChJning noturar binolari nega xatlandi?
Mamlakatimizda tadbirkorlarga barcha sharoitlar yaratilib, faoliyatini yo‘lga qo‘yib olishlari uchun imtiyozlar berilgan. Soliqlar – iqtisodiyotning qon tomiri. Barcha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida tadbirkorlar tomonidan mamlakat g‘aznasiga to‘lanayotgan soliqlarning o‘rni katta.
Ammo turli sabablar bilan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan tadbirkorlarning qarzdorligi yig‘ilib, kattagina mablag‘ni hosil qilmoqda.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi tomonidan MIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yil 16 iyun kuni o‘tkazilgan xatlov tadbirlarida qarzdorligi katta bo‘lgan sub’yektning transport vositalari, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari xatlovga olindi.
Xususan, Samarqand shahrida joylashgan "Me’mor" MChJning 812 million so‘m soliq qarzi uchun MIB xodimlari bilan hamkorlikda "HAWO" rusumli yuk mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Samarqand shahrida joylashgan “Duxoba” MChJning 350 million so‘m, Payariq tumanida faoliyat yuritayotgan “Payariq klaster” MChJning 100 million so‘m soliq qarzdorliklari bo‘yicha MIB bilan hamkorlikda noturar binolari xatlandi.