Payariq tumanida keyingi 10 yilda itlarning quturish kasalligiga chalinishi kuzatilmagan. Nega?

Payariq tumanida yil boshidan buyon 25915 ta it quturish kasalligiga qarshi emlangan. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, tumanda keyingi 10 yilda itlarning quturish kasalligiga chalinishi kuzatilmagan.

“Sibirskiy yazva” kasalligi hayvondan odamga yuqish mumkin bo‘lgan dunyodagi eng xavfli kasalliklardan hisoblanadi. Yilning o‘tgan qismida ushbu kasallikka qarshi 112546 bosh yirik shoxli qoramol, 45632 bosh mayda shoxli chorva mollari 1785 bosh ot va 1325 bosh boshqa hayvonlar emlangan.

Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Payariqda o‘tkazilgan seminarda tumanda erishilgan bu kabi ijobiy natijalar e’tirof etilib, tuman tajribasini boshqa hududlarda ham tatbiq etish borasida fikr bildirildi.