Payariqda xonadonida giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan shaxs ushlandi

2020 yil 21 iyul kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Payariq tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbiri davomida tumanning Do‘stlik mahallasida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan E.Q.ning yashash uyi ekin maydonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi hovlisidan jami 77 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini parvarishlab, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi hamda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan E.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.