Pirotexnika savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, viloyat DXX boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, fuqaro Sh.I. o‘ziga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 28 million so‘mdan ziyod “Britanik” yozuvli 171 600 dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.