Pokiston janubida ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi
- 07.06.2021 11:44
- 23
- Xorij
Bugun, 7 iyun kuni Pokiston janubida ikki poyezd to‘qnashib ketdi. Oqibatda kamida 36 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy ARY News xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ikkita tezyurar poyezd Sind viloyatining Gotka shahri yaqinidagi temir yo‘l stansiyalari o‘rtasida to‘qnashgan. Temir yo‘l vakili aytganidek, bitta relsdan chiqib ketgan poyezdga ikkinchisi urilgan.
Shu bilan birga, voqea sodir bo‘lgan Gotka shahar komissari o‘rinbosari Usmon Abdullaning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida 14 ga yaqin vagon ag‘darilgan, 6-8 tasi "butunlay vayron bo‘lgan".
"Qurbonlar soni keskin ko‘payishi mumkin, chunki avtohalokatdan bir necha soat o‘tganiga qaramay, qutqaruvchilar kira olmaydigan yopilib qolgan vagonlarda taxminan 25 kishi bor", dedi telekanalga Usmon Abdulla.