Pokistonda maktabga hujum qurbonlari soni oshdi: yetti nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan
Pokiston shimoli-g‘arbidagi maktabdagi otishmada kamida yetti nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda. Bu bir o‘qituvchi otib o‘ldirilgandan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi.
Ikkala hodisa ham 4 may kuni Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin Parachinar shahri (Kurram tumani) yaqinida sodir bo‘lgan.
Al-Jazira muxbirining so‘zlariga ko‘ra, hujum maktabda boshlang‘ich sinflar o‘rtasida imtihon o‘tkazishi kerak bo‘lgan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Yana bir o‘qituvchi shu joydan uzoqroqda otib o‘ldirilgan.
Mahalliy politsiya vakili hozircha hujum sabablari haqida aniq ma’lumot yo‘qligini aytgan: “Biz tergov boshladik, ammo sabablarini hali aniq bilmaymiz”. Iikkinchi hodisa ham noma’lumligicha qolayotganligi aytilmoqda.
Reuters agentligining qayd etishicha, Kurram tumanida aholining asosiy qismi shialar bo‘lib, ular tez-tez Tolibon harakatining sunniy guruhlari hujumiga uchramoqda.