Pokistondagi shaxtada portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Baxtsiz hodisa Balujiston viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan, deb xabar berdi Dawn  telekanali mahalliy rasmiylarga tayanib.

Qayd etilishicha, ishchilar 450 metrdan ziyod chuqurlikda ishlayotganda shaxtada metan to‘planishi natijasida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Shaxtadan chiqish to‘silib qolgan. Qutqaruvchilar portlash sodir bo‘lgan joyga yetib olishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq bu vaqtga kelib olti konchi halok bo‘lgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida tunnellarda metanning yuqori konsentratsiyasi tufayli besh nafar qutqaruvchi hushini yo‘qotgan. Qutqaruv guruhi a’zolari ularni olib chiqqan.