Pora olgan Bulung‘ur va Samarqand tumanining ikki soliqchisi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
- 10.01.2024 10:52
- 69
- Jinoyat va jazo
Samarqand tumani soliq inspeksiyasi xodimi Bulung‘ur tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaroga soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirishda yordam berishini aytgan. U ushbu xizmati evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan.
Aniqlanishicha, soliq inspeksiyasi xodimi tadbirkorning qariyb 300 mln so‘mlik soliq va penya qarzdorligini kamaytirishda Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasida kameral soliq tekshiruvlari shu’basi boshlig‘ini sherik qilgan.
Soliqchi Samarqand shahridagi kafelardan birida tadbirkordan kelishilgan pulning 500 dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida soliq xodimlari Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi "v" bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 23 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!