Prezident Moskvaga jo‘nab ketdi
- 23.06.2020 14:01
- 135
- Dolzarb
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ertaga, 24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.