Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat va Samarqand shahar tashkiloti tomonidan tashkil qilingan tadbir Pushkin nomidagi viloyati axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Maqsuda Vorisovaning ishonchli vakili - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Badriddin Nasriyev yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirib o‘tdi.
- Maqsuda Vorisova ism-sharifi siyosiy maydonda tez-tez tilga olinib kelinayotganiga ancha bo‘ldi, - dedi B.Nasriyev. – Muhimi, u deputat sifatida jamiyat hayotida yuz berayotgan jarayon va voqeliklarga birinchilardan bo‘lib munosabat bildiryapti. Shuningdek, nima qilsak odamlarning yashash sharoiti yengillashadi, qaysi qonunni joriy etsak yanada yaxshi bo‘ladi, deb tinimsiz izlanyapti.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan Samarqand shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Muqaddas Sattorova, O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi raisi Dilmurod Pardayev nomzodning saylovoldi dasturida ko‘rsatib o‘tilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.
Muloqot davomida B.Nasriyev saylovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytardi.