Prezidentlikka nomzodlardan biri Birinchi Prezident qabrini ziyorat qildi

Bugun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda Samarqandga tashrif buyurgan nomzod dastlab Hazrati Xizr masjidida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Tashviqot tadbirlarini birinchi davlat rahbariga hurmat bajo keltirishdan boshlagan A.Qodirovga viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamatqulov, partiyadan quyi palataga Samarqanddan saylangan deputatlar hamrohlik qilmoqda.