Pul ko‘rib baxt ko‘rmagan odamlar
Kim lotereyada millionlar yutib olishni yoki xazina topishni orzu qilmaydi, deysiz? Bugungi maqolada misollari keltirilgan odamlarning orzusi ushaldi, biroq ular erishgan boyliklaridan bahramand bo‘la olmadi, aksincha faqat muammolarga duch kelishdi.
Muxametzyanovlar oilasi (Ufa shahri), 1 million dollar, 2001 yil
2001 yilning yanvar oyida ufalik ishsiz Muxametzyanovlar oilasi o‘sha paytdagi «Bingo-shou» lotereyasida katta miqdordagi pul - 29 million rubl yutib olishdi. Rustem va Nadejda bir zumda millionerga aylanishdi, lekin besh yil ichida yutuqdan deyarli hech narsa qolmadi. Dastlab, er-xotin uzoq vaqt davomida bunday muhim voqeani nishonlab, ziyofatlar uyushtirdi. Keyin, shahar markazidan premium toifadagi uy-joy va ikki o‘smir o‘g‘illarining har biri uchun kvartira sotib olishdi. Qolgan yutuqni ular spirtli ichimliklarga sarfladilar. Tez orada Nadejdakasal bo‘lib vafot etdi. Endilikda Rustem va uning ikki voyaga yetgan o‘g‘li ishlamasdan, otasining nafaqasiga kun kechiradi, bir paytlar sotib olgan xonadonlarini ijaraga berib kun ko‘rishadi. Ular kamdan-kam hollarda tashqariga chiqishadi va deyarli hech kim bilan muloqot qilmaydi.
Albert Begrakyan (Leningrad viloyati) 100 million rubl, 2009 yil
Leningrad viloyatida yashovchi bu shaxs “Gosloto”da 100 million yutib oldi. G‘olib bo‘lgach, u Sankt-Peterburg markazidan bir nechta kvartira, mehmonxona uchun yer uchastkasi va bir nechta mashina sotib oldi, 12 million rublni do‘stlariva tanishlariga qarzga berdi. Albertning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yil o‘tib, yutuqdan deyarli hech narsa qolmagan. Olingan summadan u davlatga soliq to‘lamadi, shu sababli sud ijrochilari mol-mulkning bir qismini olib qo‘ydi va unga chet elga chiqish taqiqlandi. Albertning aytishicha, mabodou yana bir omadli chiptaga ega bo‘lib qolsa, pullarini boshqacha sarflagan bo‘lardi.
Uilyam Post (Pensilvaniya, AQSh) 16,5 million dollar, 1988 yil
Uilyam boyligini bir necha oy ichida sovurib tashladi. Pullariga shunchaki mashinalar va tezyurar qayiqlarni sotib oldi. Pullar tugagach, o‘ziga multmillionerlikdan ko‘ra bankrot bo‘lishni ma’qul ko‘rishini aytdi.
Billi Bob Xarrell (Texas, AQSh) 31 million dollar, 1997 g.
Omadli Billi barcha qarindoshlariga uy va mashinalar sotib oldi, xayriyalar qildi, keyin esa xarid qilishga qiziqib, haqiqiy do‘kondorga aylandi. U o‘ziga boshqa uy, keyinroq yana kattaroq uy, keyin yana ikkita mashina sotib oldi va ikki yil davomida deyarli pulsiz qoldi. Yutuq Billida stressni keltirib chiqardi va erkak o‘z joniga qasd qildi.
Endryu Uittaker (G‘arbiy Virjiniya, AQSh)315 million dollar, 2002 yil
Barcha soliqlar chegirib tashlanganidan so‘ng, Endryu 114 million dollar oldi, ammo to‘rt yilo‘tib, u bir chaqasiz qoldi. Bundan ham achinarlisi, yutuqdan yana bir necha yil o‘tib, millionerning qizi otasining uyida o‘lik holda topildi. O‘limga giyohvand moddalarning haddan tashqari dozasi sabab bo‘lgan. 2009 yilda Uittakerning boshqa qizi ham o‘lik holda topildi. Yillar o‘tib, Endryu Uittaker o‘sha baxtsizlik keltirgan chiptani yirtib tashlamaganidan afsuslandi.
Ko‘rinishidan, katta pul mablag‘lari bu odamlarhayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi kerak edi, ammo taqdir boshqacha qaror qabul qildi. Aniqrog‘i, g‘oliblarning o‘zlari shubhali tanlov qilishdi. Afsuski, hayotda aqlsiz qo‘llardagi oson pullar odamlar hayotini yomon tomonga o‘zgartiribqo‘ygan misollar juda ko‘p.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.