Qadimgi kubok
Hozirda turli sport musobaqalarida g‘oliblar taqdirlanadigan sovrin - kuboklar II asr oxiri – III asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan, desa ko‘pchilik ishonmasligi mumkin. Ammo bu haqiqat.
Qrimning janubi-g‘arbidagi "Frontovoy-3" dafnasida arxeologik olimlar qo‘liga noyob g‘ayrioddiy topilma – bus-butun shisha kuboklar tushdi. Olimlar "Kubok Rim imperiyasining qaysi bir chekkasida yasalgan", degan xulosaga keldilar. Yasalgan joyini aniq aytishning iloji bo‘lmadi.
Kubok rangsiz shaffof shishadan tayyorlanib, sirti yashil chiziqsimon naqshlar bilan bezatilgan. Bezaklarga sinchiklab razm solinsa, yugurish va gul yaproqlar tasvirlanganini ko‘rish mumkin. Shaffof-yashil jilolanib turadigan bu buyum juda qimmat shishadan tayyorlanib, boy-badavlat kishilargagina mansub bo‘lgan.
Topilma yoshgina juvon dafn etilgan qabrdan topildi. Qabrda kubokdan tashqari, bronza va kumush uzuklar, shisha va chinni buyumlar ham bo‘lib, oradan necha asrlar o‘tishiga qaramay yaxshi saqlangan.
***
Koinotdagi qora tuynuk
Galaktikalarni bir-biriga qo‘shilish jarayoni milliard yillarni talab qiladi. Ammo bugungi olimlarni omadi chopdi.
Gap shundaki, ana shunday jarayonlardan biri bizning zamonamizda kamida 300 kundan keyin, uzog‘i bilan yaqin 3 yil ichida yakuniga yetadi.
Xitoylik va kanadalik tadqiqotchilar, shuningdek, Rossiya astrofizik rasadxonasi mutaxassislarining fikrlaricha, ikki qora tuynukning qo‘shilishi jarayoni ko‘z o‘ngimizda SDSSJ 1430-2303 eliktek galaktikasida sodir bo‘ladi. U massasi bo‘yicha bizning Somon yo‘lidan ozgina yengilroq.
O‘ta og‘ir massali qora tuynuklarning ushbu gallaktikada to‘qnashuvi kuchli chaqnash va gravitatsion to‘lqinlar bilan kechadi. Va biz yerda turib ushbu chaqnashni ko‘rishimiz mumkin.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.