Qanday kasallikka chalingan bemorlar imtiyozli dorilar bilan ta’minlanadi?
"Huquqiy axborot" kanali ambulator davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega shaxslar ruyxatini e’lon qildi:
- onkologik kasalliklarga chalinganlar;
- sil kasalligiga chalinganlar;
- moxov kasalligiga chalinganlar;
- endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
- ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
- OIV kasalligini yuqtirganlar;
- yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
- baynalmilalchi jangchilar;
- harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.