Qashqadaryoda bir oilaning 7 nafar a’zosi pomidor-bodring konservasidan zaharlandi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 6 kishidan iborat oila va ularning yaqin qarindoshi ishtirokida ommaviy zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2019 yil 12 noyabr kuni Chiroqchi tumanining Langar mahallasida yashovchi N.Husanov (1981 yilda tug‘ilgan), turmush o‘rtog‘i Yu.Usmonova (1982 yilda tug‘ilgan), farzandlari A.Tolipov (2006 yilda tug‘ilgan), F.Tolipova (2010 yilda tug‘ilgan), X.Tolipov (2010 yilda tug‘ilgan), T.Tolipov (2014 yilda tug‘ilgan) va jiyani L.Tolipovalar (2014 yilda tug‘ilgan) kechki ovqatga uy sharoitida tayyorlanib, shisha idishga qadoqlangan pomidor va bodring aralashmali salat konservasidan zaharlangan holati bo‘yicha shifoxonaga murojaat qilingan.
Hozirda N.Husanovning ahvoli og‘ir, A.Tolipovning ahvoli o‘rta-og‘ir, qolgan bemorlarning ahvoli qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.