Qaysi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi? Nima uchun?
Zebra
Undan nimani kutishni bilib bo‘lmaydiganhayvonlardan biri – Zebra, odam uni qo‘lga o‘rgataolmaydi. Qadimdan otlar va eshaklar odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan bo‘lsa-da, zebra ular bilan deyarli bir xil ko‘rinishda bo‘lishigaqaramay, qanchalik qiynalmasin, odamlar ularni qo‘lga olishning ilojini topmayapti. Chunki zebrato‘satdan odamga hujum qilishga moyil va stressli vaziyatlarda jirkanch fe’l-atvorga ega jonzot.
Fil
Odamlar 3000 yildan ko‘proq vaqtdan berifillardan foydalanib kelayotgan bo‘lsa-da, mashhur tasavvurga xilof ravishda, fillarni to‘liq xonakilashtirib bo‘lmaydi. Filni asirlikda saqlash uning mushuk, yoki it kabi uy hayvoniga aylanganligini anglatmaydi. Fillar hatto 12 avlod asirlikda va xonakilashtirishgaurinishlardan keyin ham doimiy ravishda tutqunlikdan qochib chiqishga harakat qiladi vahozirgacha hech kim ularni to‘liq qo‘lga o‘rgata olmagan.
Karkidon
Karkidonlar juda katta va o‘txo‘r hayvonlarga tegishli bo‘lishiga qaramay, ular shafqatsiz fe’l-atvorga ega va to‘qnashuvda hech qachon orqaga chekinmaydi. Bu ularni xonakilashtirish u yoqda tursin, o‘zlashtirib bo‘lmasligini anglatadi. Ular odamni xo‘jayin sifatida pisand qilishmaydi va agar kimdir ularga juda yaqin keladigan bo‘lsa, hayvon ularni mayib qilishi yoki hatto o‘ldirishiham mumkin. Boshqa tomondan, karkidonlarningjinsiy yetuklik davri taxminan 12 yil davom etadi, bu esa ularning ko‘paytirishdagi qiyinchiliklarni oshiradi.
Yo‘lbars
Yo‘lbarslar uy mushuklari emas va odam qanchalikularni bo‘ysundirmoqchi bo‘lmasin, bu borada hech kim muvaffaqiyatga erisha olmagan. Hatto yo‘lbarslarni go‘dakligidan qo‘lga o‘rgatganlar ham ularni to‘liq nazorat qila olmaydi. Yo‘lbars katta va qo‘rqinchli mushuk, istalgan vaqtda, ayniqsa, och bo‘lganda odamni bir zarba bilan o‘ldirib qo‘yishi mumkin.
Panda
Pandalar xonakilashtiriladigan yumshoqhayvonlarga o‘xshaydi. Ular katta bo‘lsada, judayoqimtoy ko‘rinadi. Lekin odamlar hech qachon ularni xonakilashtirish yo‘lini topa olishmagan. Butun dunyoda qonun bilan himoyalangan va tabiatda ularning soni juda oz (taxminan 2000 ta) bo‘lganpandalarning unchalik ko‘p qolmaganining yana bir sababi - ularni boqish uchun katta miqdorda bambuk kerak bo‘ladi - pandalar oziq-ovqat tanlashda o‘ta injiqligi bilan ajralib turadi va ularni parvarish qilib ko‘paytirishda katta muammolar mavjud.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.