Qaysi mamlakatning davlat qarzi ko‘p?

Dunyoda eng ko‘p davlat qarzlariga ega mamlakatlar ro‘yxatini ayni damda Yaponiya boshqarmoqda. Kunchiqar mamlakatning davlat qarzlari YaIMga nisbatan 200 foizdan ham oshib ketgan.

Yuqori davlat qarzlariga ega mamlakatlar ro‘yxatiga, shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSh hamda Yevrohududga kiruvchi mamlakat ham kiradi. Ularning davlat qarzlari YaIMga nisbatan 100 foizdan oshadi. Bu haqda Rossiya investitsiyaviy tahlillar va makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Daniil Nametkin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Xabarda keltirilishicha, 2020 yil yakunlari bo‘yicha YaIMga nisbatan davlat qarzlari hajmi dunyo bo‘yicha o‘rtacha 105 foizni tashkil etgan.

"Eng ko‘p davlat qarzlari asosan rivojlangan mamlakatlarda kuzatilmoqda. Masalan, davlat qarzlari Yaponiyada – 234 foiz, Buyuk Britaniyada – 144 foiz, AQShda – 160 foiz, Yevrohududda - 120,4 foizni tashkil etadi", deydi ekspert.