Qirg‘iziston prezidenti Atambayevning harakatiga izoh berdi
- 08.08.2019 11:40
- 733
- Xorij
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatning sobiq rahbari Almazbek Atambayevni Davlat Konstitutsiyasini buzganlikda aybladi. Bu haqida u payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida e’tirof etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olish chog‘ida Atambayev jiddiy qurollangan, qarshilik ko‘rsatgan va qonunga ham, Konstitutsiyaga ham “tupirgan”. Jeenbekov Qirg‘iziston – huquqiy davlat ekanligini, uning burchi davlatning barcha fuqarolari tomonidan qonun talablarini qat’iy bajarilishini ta’minlash ekanligini eslatib o‘tdi.
Davlat rahbari mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni saqlab qolish chora tadbirlari zudlik bilan ko‘rilishini ta’kidladi.
Teglar:
Qirg‘iziston