Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiy xodimlar soni 216 nafarga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 830 nafarga yetdi. Ulardan 216 nafari tibbiyot xodimlari. Bu haqda 4 may kuni mamlakatning COVID-19 ga qarshi kurashish respublika shtabi xabar berdi.

“2020 yilning 4 may holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 35 nafar koronavirus bilan yangi kasallanish holati qayd etildi. Ulardan 9 nafari – tibbiy xodimlar. Shu tariqa Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 830 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 216 nafari tibbiy xodimlar. Umumiy hisobda 575 nafar bemor sog‘aydi va 10 nafar bemorning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Mamlakatda 56 mingdan ortiq koronavirusga test tahlili o‘tkazildi”, deya ta’kidladi shtab vakili.