Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonda meva va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlaydi
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) veb-saytida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonda meva va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mikrokredit ajratish borasida hamkorlik qilayotgani borasida ma’lumot joylashtirildi.
Qayd etilishicha, BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) qishloq taraqqiyotida xususiy sektor ishtirokini ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini kengaytirmoqda.
«O‘zbekistonda yetakchi tijorat banklaridan biri hisoblangan «Hamkorbank»ga 2,5 million dollar kredit ajratish orqali 1500 nafar sutchilik va bog‘dorchilik yo‘nalishidagi kichik biznes vakillari daromadlarini oshirish va turmush farovonligini yaxshilash uchun mikrokredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi», - deyiladi maqolada.
Maqolada tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Laura Mattiolining quyidagi so‘zlaridan iqtibos keltirilgan: «IFAD faoliyati, ayniqsa, ishlab chiqarish omillaridan teng foydalanishda qiyinchilikka uchrayotgan ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shu bois, mikrokreditning taxminan 30 foizi ayollarga va yana 30 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun ajratiladi».
Ta’kidlanishicha, ushbu kredit orqali «Hamkorbank» Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining qishloq hududlarida foydali xizmatlar, texnologiyalar va bozor topish imkonini berish maqsadida mayda, kichik va o‘rta agrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydi, deya xabar qiladi «Dunyo» AA.