Qizining sha’nini pullamoqchi bo‘lgan “tovlamachi ona” ushlandi
Toshkent shahri Chilonzor tumani bo‘yicha IIB boshlig‘i nomiga 46 yoshli fuqaro Shavkat U. ariza bilan murojaat qildi.
Unda 45 yoshli Zulfiya A. qizi Madina R. bilan uning o‘g‘li Doston U. o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga 600 AQSh dollari pul talab qilib, 480 AQSh dollar va 1 050 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olganidan so‘ng yana unga 500 AQSh dollari berishini talab qilib, 2021 yilning 15 mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani Chilonzor metro bekati oldida Zulfiya A., qizi Madina R. bilan ushbu pullarni Shavkat U.dan olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Zulfiya A. va Madina R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
IIV huzuridagi tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.