Qobul aeroportida barcha tijoriy reyslari to‘xtatildi
- 16.08.2021 13:39
- 49
- Xorij
Qobul xalqaro aeroporti 15 avgust, yakshanba kuni tijoriy reyslarni qabul qilishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi AQSh harbiylari vakillari ma’lumotiga tayanib.
Shu bilan birga, AQSh harbiylarining Qobuldan evakuatsiyasi davom etmoqda.
Avvalroq AQSh Qobuldagi elchixona xodimlarini evakuatsiya qilayotgani haqida xabar berilgan edi. AQSh bayrog‘i allaqachon Amerika diplomatik missiyasi binosidan tushirilgan.
Shuningdek, ba’zi aviakompaniyalar o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishga va Afg‘oniston havo hududida parvozlarni to‘xtatishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi.
15 avgustda "Tolibon" otryadlari Qobulga kirdi. Mamlakatning deyarli butun hududi jangarilar nazorati ostiga o‘tdi. Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Tojikistonga uchib ketdi", deyiladi OAV xabarida.
Ammo keyinchalik Dushanbe Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning sobiq prezidenti G‘ani samolyoti Tojikistonga qo‘nmaganini ma’lum qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa