Qo‘qon xonligida qancha soliq undirilgan?

XIX asrning ikkinchi yarmida Xo‘qand, Toshkent, Qurama, Xo‘jand, Namangan, O‘ratepa, O‘sh, Andijon, Shahrixon, Quva, Marg‘ilon shaharlari Qo‘qon xonligiga Xiroj (yer solig‘i), Tanabona (Bog‘ va polizlardan olinadigan tanob puli) va zakot (mulkning qirqdan bir qismi miqdorida) soliqlar to‘lashgan. Xiroj (yer solig‘i) g‘alla bilan chorak o‘lchovida (1 chorak – 72 kilogramm) hisoblangan bo‘lsa, Tanabona va zakot tilla hisobida yuritilgan.

Xonlik xazinasiga har yili eng katta soliqni Xo‘qand (1 million 10 ming tanga), Namangan (859 ming tanga) va Toshkent (663 ming tanga) to‘lashgan. Andijon uyezdi bir yilda g‘aznaga faqat 25 ming tilla tanga zakot, O‘sh uyezdi esa faqat 12 ming tilla tanga xiroj to‘lagan bo‘lsa, Quva shahri barcha soliqlardan ozod etilgan.

Xonlik xazinasiga asosiy soliqlardan tushgan bir yillik daromad 8 million 620 ming tilla tanga bo‘lgan. Solishtirish uchun 1 Qo‘qon tilla tangasi Rossiyaning 3 so‘m 80 tiyiniga teng bo‘lgan.