Qora kun: Mask minglab Twitter xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

Twittet xodimlari uchun qora kunlar boshlandi. Ilon Mask kompaniyani egallagach, minglab xodimlarni ishdan bo‘shata boshladi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqni qo‘lga kiritgan milliarder kompaniya direktorlar kengashini tarqatib yubordi va o‘zini uning yagona a’zosi etib tayinladi.

Juma kuni Twitter xodimlari ishdan bo‘shatish to‘g‘risida bildirishnomalar ola boshlashdi.

Bir kun avval Britaniya OAVlari Mask 7500 ga yaqin kishi ishlaydigan yeompaniyada, 3700 ta ish o‘rnini qisqartirishi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, yangi xo‘jayin yeompaniyada "bayram" deb hisoblangan qo‘shimcha dam olish kunlarini bekor qildi.