Qora materiya, eksportchilar hiylasi, Stounxench siri
Bahri muhit - koinotda barcha galaktikalar katta tezlikda bitta markaz atrofida aylanadi. Biroq olimlar galaktikalarni umumiy massasini hisoblab ko‘rishganida juda yengil bo‘lib chiqdi.
Agar fizika qonunlariga qaraladigan bo‘lsa, barcha bu karusel allaqachon buzilib ketishi lozim edi. Biroq buzilmaydi.
Olimlar bir xulosaga keldi: “Koinotda allaqanday qora materiya bor, ammo uni ko‘rib bo‘lmaydi. U o‘zida nimani namoyon etishini, qanday “paypaslab” ko‘rishni esa hozircha olimlar bilmayapti. Taxmin qilinishicha, massa koinotning 90 foiz massani tashkil etadi. Bu esa atrofimizni o‘rab olgan olamning bizga atigi 10 foizi ma’lum ekanligini bildiradi.
Eksportchilar hiylasi
XIX asr birinchi yarmida Buyuk Britaniyaga olib kelinadigan yog‘ochga boj to‘lovi oshirilishi kanadalik va amerikalik eksportchilarni hiyla ishlatishiga majbur etdi.
Ular bir marta foydalaniladigan yog‘och kemalar qurishga kirishdi. Gap shundaki, ular uchun oddiy konstruksiya talab qilinardi, xolos. Angliyaga yetib kelgach, ular bemalol buzilib, yog‘ochga aylantiriladi. Buning uchun boshxona poshlinasi to‘lanmasdi. Qoyilmisiz?
Turgan-bitgani jumboq
Britaniyaning Uiltshir grafligida Soleberni tekisligida g‘alati tosh ustunlar - Stounxench bor. Ular qachon, nima uchun tiklangani hozirgacha jumboq bo‘lib kelmoqda.
Bu inshoot nimaga mo‘ljallangani haqida fikrlar ko‘p. Birov uni “Rimliklar ibodatxona yoki ilohiy kuchga ega shifoxona sifatida qurgan”, desa, boshqalar toshlar xolatini astronomiya bilan bog‘laydi.
Tosh ustunlar o‘ta og‘ir bo‘lib, hozirgi zamon qudratli yuk ko‘targichlari yordamida ham o‘rnidan qo‘zg‘atish amrimahol. Ularni joylashishiga qarab o‘zga sayyoraliklar yo‘l ko‘rsatkich sifatida barpo etgan, degan tusmollar ham bor.
T.Shomurodov tayyorladi.