Qorako‘lda yuk mashinasi yonib ketdi
- 20.07.2019 15:42
- 133
- O‘zbekiston

Qorako‘l tumani “Buxoro” ko‘chasi yo‘lida tuman IIB navbatchisi dispetcherlik xizmatiga yuk mashinasi yonganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarda keltirilishicha, “VOLVO” rusumli yuk avtomashinasi Turkmaniston Respublikasi Mori viloyati “Chashqin” aholi punktida yashovchi Saidnazar Berkiliyev boshqaruvida bo‘lgan.
Haydovchi Mori viloyati “ADIL YUL” shirkatidan sement ortilgan yuk mashinasida, Buxoro viloyatiga kelayotgan vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan. Motorning elektr simlaridagi qisqa tutashuv natijasida yong‘in chiqqan.
Voqea joyiga ikkita jangovor bo‘linma yuborilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Oqibatda avtomashina qattiq zararlangan.
Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Teglar:
yo‘l transport hodisasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- 30 daqiqa avval
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- 32 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
O‘zi ham, xodimlarga ham diktant yozdirgan muharrir edi
- 36 daqiqa avval
- Mutolaa
Ayol muhabbatdan iborat
- Bugun, 11:24
- Mutolaa