Qo‘shrabot tuman hokimiga matbuot kotib tayinlandi

Qo‘shrabot tuman hokimi H.Oqbutayevning 2019 yil 22 avgustdagi farmoyishi bilan Mamadiyorov Bobur Mamadiyorovich Qo‘shrabot tuman hokimligi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qonunga binoan axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi axborot siyosati masalalari bo‘yicha tuman hokimining maslahatchisi maqomiga ega bo‘lib, mehnatga haq to‘lash va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, tuman hokimining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.