Qo‘shrabot tumanida xonadon egasi gaz ballonini tuzataman deb yong‘inda kuyib, shifoxonaga yotqizildi

2019 yil 4 iyun kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashovchi 33 yoshli A.A. uyining ayvonida gaz ballonini tuzatayotgan vaqtida gaz ballonidan gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda ayvonning shift va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda A.A. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beryapti O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.