Qo‘shrabotda davlatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan korxonaga jinoyat ishi ochildi
- 30.09.2022 15:04
- 138
- Jamiyat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.I.” MChJ rahbari Sh.H. o‘zboshimchalik bilan o‘zi tomonidan sotib olingan transformatorni o‘rnatib, noqonuniy ravishda 63 dona “Mayner” uskunalari va ikki dona suv nasoslaridan foydalanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Alloma tug‘ilib o‘sgan yurtda uning ta’limoti o‘rganilmoqda
- 50 daqiqa avval
- Samarqand
Bugungi qo‘shiqlarda nega insoniy tuyg‘ular kamyob?
- 59 daqiqa avval
- Madaniyat
Oliy o‘quv yurtida grantga o‘tmoqchimisiz?
- Bugun, 10:17
- Ta’lim