Qo‘shrabotda ovqatdan zaharlangan 5 nafar shaxsning ikki nafari vafot etdi

Ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir shakllaridan biri botulizmdir. Bu kasallik og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Afsuski, aholi o‘rtasida shuncha ogohlantirish va targ‘ibot ishlariga qaramasdan botulizm bilan bog‘liq achinarli holatlar uchramoqda.

Shu yil 6 yanvar kuni Qo‘shrabot tumanida botulizm bo‘yicha 5 nafar kishi kasallangan. Shulardan 2 nafari vafot etgan.

Qo‘lbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmang!

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmati.