Qo‘shrabotda sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasining kuygan jasadi topildi
- 17.06.2019 15:08
- 412
- Jamiyat
2019 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashagan 44 yoshli N.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda uyning 100 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy jixozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida N.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Yong‘in N.M. mast holda sigareta chekib uxlab qolishidan kelib chiqqanligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Teglar:
yong‘in