Qosim-Jomart Toqayev Samarqandda bo‘lganmi?

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston parlamenti Senati raisi sifatida 2017 yil 25 sentyabr kuni Samarqandga tashrif buyurgan edi.

Qozog‘iston Senati a’zolarining tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad Samarqanddagi tarixiy obidalar bilan tanishish va bu yerdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish edi.

Delegatsiya tarkibida Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi, o‘sha vaqtda Senat raisi o‘rinbosari bo‘lgan va ayni paytda rais hisoblangan Darig‘a Nazarboyeva ham bo‘lgan.