Qozog‘iston kapitalida 18 ta korxona tashkil etilgan
Samarqandda Qozog‘iston kompaniyalarining kapitali ishtirokida jami 18 ta, shundan 14 ta qo‘shma korxona hamda 4 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Jumladan, Qo‘shrabot tumanida poyabzal, Past Darg‘om tumanida neft mahsulotlari ishlab chiqarish, Oqdaryo tumanida meva-sabzavot eksporti va Samarqand shahrida savdo xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda.
2019-2020 yillarda viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Qozog‘iston Respublikasidan 786,6 ming dollar miqdorida xorijiy investitsiya mablag‘i o‘zlashtirildi.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Qozog‘iston davlati bilan tovar aylanmasi 365,3 million dollarni tashkil etdi. Shundan 293 million dollar import hamda 72,3 million dollar eksport amalga oshirildi. Qozog‘iston davlatiga asosan to‘qimachilik, meva-sabzavotlar, oyoq kiyimlar, keramika buyumlari va boshqa turdagi mahsulotlar eksport qilinmoqda.
Viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati.