Qozog‘iston o‘zi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi
- 18.09.2020 20:35
- 86
- Xorij
Qozog‘istonda mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi saytida ma’lum qilindi.
“Koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlandi”, deyilgan xabarda.
Vazirlik saytida ma’lum qilinishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) birinchi va ikkinchi bosqich sinovlarini o‘tkazishga ruxsat bergan.
Vaksinaning klinik sinovlarida 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 244 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etadi.
28 avgust kuni JSST Qozog‘iston vaksinasini klinik sinovlardan o‘tkazilishiga ruxsat berilgan nomzod vaksinalar ro‘yxatiga rasman qo‘shgani haqida ma’lum qilingan edi. Mazkur vosita Qozog‘iston Ta’lim vazirligi fan qo‘mitasi biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa