Qozog‘iston Prezidenti mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevning fikriga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomon emas. Biroq yaxshi ham emas.
Bugungi kunga qadar mamlakatda 18,2 mingdan ortiq koronavirus holati aniqlandi. 11,1 mingdan ortiq bemor tuzaldi va 127 nafar o‘lim holati qayd etildi. Yaqin vaqtdan buyon Qozog‘istonda koronavirus asoratisiz kasallanganlarni alohida hisobga olish yo‘lga qo‘yildi. Bunday kasallanganlar bugungi kunga kelib, 10,6 ming nafardan ortiq bemorni tashkil etmoqda.
“Qozog‘istonda 100 ming aholiga 80 dan ortiqroq kasalangan to‘g‘ri kelmoqda. Bu dunyo statistikasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich. Bu unchalik yomon emas. Biroq yaxshi ham emas”, deya ta’kidladi Toqayev o‘tkazilgan onlayn-forumda.
Shuningdek, davlat rahbari qozog‘istonliklar har kuni mamlakat bo‘ylab tibbiy xodimlar, politsiyachilar, qurolli kuchlar xizmatchilari, volontyorlar va xayriyachilar tomonidan amalga oshirilayotgan qahramonliklarning guvohi bo‘lishayotganini ta’kidladi. U tibbiyot xodimlariga alohida minnatdorchilik bildirdi.