Toqayev bugun Qozog‘iston hukumati apparati va qator vazirliklarda kadrlarni o‘zgartirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bugun bir nechta vazir va hukumat a’zolarini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.
Shu tariqa, Qozog‘iston prezidenti Galimjan Kuyshibayevni Bosh vazir o‘rinbosari – Respublika hukumati apparati rahbari etib tayinlash to‘g‘risida ma’lum qildi. 54 yoshli Kuo‘yshibayev bungacha bosh vazir devoni rahbari lavozimida ishlagan. Joriy yilning 2 yanvar kuni Toqayev farmonga imzo chekdi, unga ko‘ra bosh vazir devoni hukumat apparatiga aylantirildi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti ushbu lavozimda 2021 yil sentyabridan buyon ishlab kelayotgan Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Serikkali Brekeshevni lavozimidan ozod qildi. Toqayev uning o‘rniga Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Zulfiya Suleymenovani tayinladi.
Shuningdek, Qayirbek Uskenbayev 2022 yil yanvaridan buyon egallab kelgan Qozog‘iston Respublikasi sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga vazirlik rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Marat Karabayev tayinlandi.
Shuningdek, Toqayev Madaniyat va sport, adliya vazirlarini ham almashtirdi.