Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti koronavirusga qarshi emlandi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Berik Uali Facebook’dagi sahifasida xabar berishicha, Qosim-Jomart To‘qayev koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti o‘zini yaxshi his qilmoqda, vaksinaning nojo‘ya ta’siri sezilmagan.

Prezident faqat Qozog‘iston fuqarolarini emlash va jamoaviy immunitetni shakllantirish koronavirusni yengishga, barcha cheklovlarni olib tashlashga va fuqarolarning oddiy hayoti va iqtisodiy faoliyatining tiklanishini ta’minlashga imkon berishiga ishonmoqda.

“To‘qayev barcha fuqarolarni vaksinani iloji boricha tezroq olishga chaqiradi. Bu o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilishning yagona yo‘lidir”, deydi Berik Uali.